Бесплатные инструкции на русском языке
  • Тип техники
  • Бренд

Просмотр инструкции холодильника ATLANT(АТЛАНТ) ОБЩЕЕ РУКОВОДСТВО НА ВСЕ МОДЕЛИ, страница 35

36
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
6.3.3 MKdagi savatlarni oziq-ovqatlarni joylashtirish va chiqarib
olish vaqtida oxirigacha tortish lozim, tozalash paytida esa ularni
oldingi ushlagichi pastidan ushlagan xolda tepaga ko‘tarib MKdan
chiqarib olish tavsiya etiladi.
Sovutgichdan tashqarida savatlarni ko‘tarib olish qulay bo‘lishi
uchun ularning yon taraflarida ushlagichlar mavjud.
DIQQAT! MKda havo aylanishini ta’minlash uchun oziq-
ovqatlarni joylashtirish va chiqarib olish vaqtida savatlarni
oxirigacha suring.
6.4 MKNI ERITISH VA TOZALASH
6.4.1. No Frost ( keyinchalik-No Frost tizimi) (ilovaga qarang)
a
vtomatik erish tizimli sovutgichda MKni eritish shart emas. MKni
faqat yilda bir marotabadan kam emas miqdorda tozalash zarur.
6.4.2 No Frost tizimisiz sovutgichda MKda qor uyumi yuzaga
k
eladi. Agar 3 mm. dan ortiq qor uyumi shakllansa (5 dan 7 ga-
cha turlarda МХМ-2808-ХХ, МХМ-2819-ХХ, МХМ-2826-ХХ,
МХМ-2835-ХХ, МХ-2822-ХХ, МХ-2823-ХХ), sovutgichni eritish
va tozalash uchun elektr tarmog’dan uzish kerak. Qor uyumi mahs-
ulotlarga sovuqlikni uzatilishiga to’sqinlik qiladi.
Ba’zi sovutgichlarning yetkazib berish to‘planmalar tarkibiga
eritish paytida MK sathlaridan qor qoplamini olib tashlash uchun
plastmassa kurakcha kiradi.
Sovutish agregatiga zarar yetkazishning oldini olish maqsadida
qor qoplamini olib tashlash uchun metall buyumlardan foydalanish
TA’QIQLANADI.
6
.4.3 MKni har bir eritishdan so‘ng, lekin yiliga kamida ikki
marta tozalash tavsiya etiladi.
6.4.4 MKni eritish va tozalash uchun quyidagilarni bajarish
lozim:
quvvat yetkazish shnuri ayrisini rozetkadan chiqarib, sovutgich
elektr tarmog‘idan uziladi;
barcha oziq-ovqatlar MKdan chiqarib olinadi va SK tokchal-
ariga joylashtiriladi;
еrigan suvni ilovaga muvofiq yoqotish zarur (No Frost tizimi
mavjud bo’lmasa);
— erigan suv ilovasiga muvofiq tushiriladi;
— kamera 4.4 bandiga muvofiq yuviladi, quruq qilib artiladi.
DIQQAT! MKda yoqimsiz hid paydo bo‘lishining oldini olish
uchun kamerani, butlovchi qismlarni, zichlagichni hamda zich-
lagich eshikka tutashuvchi hududni astoydil yuvish kerak.
7
O Z IQ - O VQAT LA RN I SAQ LAS H, M U ZLAT I S H VA
E RI T IS H B O Y IC H A TAVS I YA LAR
7.1 OZIQ-OVQATLARNI SKda saqlash
7.1.1 Oziq-ovqatlar hidini, rangini, namligini va sarhalligini
saqlab qolishi uchun ularni upakovkada yoki zich yoipilgan idishda
saqlash lozim. Suyuqliklarni zich yopilgan idishda saqlash namlik
ko‘tarilishi va SKda begona hidlar paydo bo‘lishi oldini oladi.
Quyidagilardan upakovka uchun foydalaniladi: oziq-ovqat uchun
upakovka qog‘ozi, polietilen xaltalar, alyuminli zar qog‘oz, oziq-ov-
qatlar uchun yopiq idishlar.
Quyidagilar upakovka uchun to‘g‘ri kelmaydi: pergament, ochi-
lgan do‘kon upakovkasi, ishlatilgan qog‘oz va polietilen xaltalari.
7.1.2 Idishlarga solingan meva va sabzavotlar (yuvilgan meva
va sabzavotlarni quritib olish kerak) upakovkasiz saqlanishi mumkin.
Bunda shisha tokchaning (pastki) sathida kondensat xosil bo‘lishi
mumkin.
7.1.3 SK oziq-ovqatlarni qisqa muddatga saqlashga mo‘ljallang-
ani uchun, saqlanayotgan oziq-ovqatlar sifatini muntazam tekshirish
va ularni saqlash muddatlariga rioya etish tavsiya qilinadi. Asosiy
oziq-ovqatlarni SKda saqlash muddatlari va joylashtirish bo‘yicha
tavsiyalar 1-jadvalda keltirilgan.
DIQQAT! O‘simlik moylari va yog‘lar eshik zichlagichlariga
va sovutgichning plastmassa sathlariga tushmasligi zarur,
chunki ularning yemirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
7.2
OZIQ-OVQATLARNI MKDA MUZLATISH VA MUZLAT-
ILGANLARINI SAQLASH
7.2.1
Quyidagilarni muzlatish mumkin: go‘sht va parrandaning
barcha turlari, barcha go‘sht mahsulotlari, baliqlar, sabzavotlar, reza
mevalar, mevalar, pishiriqlar, tayyor ovqatlar, sut mahsulotlari.
Quyidagilarni muzlatish mumkin emas: qaymoq, mayonez, salat
barglari, rediska, turp, yerqalampir, piyoz, sarimsoq.
7.2.2 Sovuqlik bilan ishlov berishga qulay sharoitlar yaratib berish
uchun, muzlatiladigan oziq-ovqatlarni bir martalik iste’mol uchun
qulay ulushlarga bo‘lish va xaltalarga joylashtirish maqsadga muvof-
iqdir. Muzlatilayotgan mahsulotning qatlami qanchalik yupqa bo‘lsa
muzlatish shunchalik jadalroq bo‘ladi, mahsulot sifati yuqoriroq va
uni saqlash muddatlari uzoqroq bo‘ladi. Upakovka mahsulotga zich
yopishib turishi kerak (unda iloji boricha kamroq havo qolishi lozim)
va rezinalar, plastmassa qisqichlari, sovuqqa chidamli yelim tasmalar
va h.k. bilan zich yopilishi zarur. Muzlatilayotgan xaltalarga ichidagi
mahsulot va uni qaysi sanagacha ishlatish lozimligi haqida ma’lumot
yozilgan qog‘ozchalarni yopishtirish tavsiya etiladi.
Muzlatilgan oziq-ovqatlarni MKda saqlash muddatlari bo‘yicha
tavsiyalar 2-jadvalda keltirilgan.
DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi upakovkasida ko‘rsatilgan mu-
zlatilgan oziq ovqatlarni saqlash muddatlariga rioya qiling.
7.3 ISTE’MOL QILINADIGAN MUZNI TAYYORLASH
7.3.1 Muz uchun qolipning to‘rtdan uch qismiga ichimlik suvi
t
o‘ldiriladi va MKning “a” hududiga joylashtiriladi.
MX-2822-XX, MX-2823-XX larda suv bilan to‘ldirilgan muz
qolipini muzlatish bo‘linmasining yon devoriga yaqinroq qo‘yish
lozim bo‘ladi.
7.3.2 Qolip asosini iliq suvga 3 soniyadan 5 soniyagacha vaq-
t
ga qo‘yib turib va so‘ngra qo‘lipni to‘ntarib, uni bir oz egsa, muz
bo‘laklari osonroq chiqariladi.
DIQQAT! Muz bo‘laklarini muz qolipidan chiqarilishi zahoti
og‘zingizga solmang va muzlab yopishib qolmasligi uchun ho‘l
qo‘llar bilan muzlatilgan oziq-ovqatlarga tegmang.
7.4 TAVSIYA ETILMAYDI:
sovutgichga issiq oziq-ovqatlarni joylashtirish. Ularni avval
xona haroratigacha sovutish kerak;
— eritilgan oziq-ovqatlarni qayta muzlatish.
7.5 OZIQ-OVQATLARNI ERITISH
7
.5.1 Oziq-ovqatlarni maishiy sharoitlarda eritishning bir necha
asosiy usullari mavjud:
— haddan ziyod baland chastotali toklar bilan (SVCH-o‘choq);
SKda. Bunday eritish mahsulotning asl xususiyatlarini saqlash
uchun foydalidir;
— xona haroratida. Asosan iste’moldan avval issiqlik bilan ta’sir
etiluvchi oziq-ovqatlar uchun foydalaniladi.
7.5.2 Mevalar va reza mevalar SKning yuqori tokchasida yoki
xona har
oratida eritiladilar.
7.5.3 Sabzavotlar odatda oshpazlik ishlovi berilishidan oldin
eritilmaydi: ular tayyorlanish jarayonining o‘zida eriydi.
Jadvali 1 — SKda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash
muddatlari va joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar
Jadvali 2 — Muzlatilgan (uy sharoitlarida) oziq-ovqat
mahsulotlarini saqlash bo‘yicha tavsiyalar
Oziq-ovqatlar
Saqlash
mudda
ti, sut.
SKda joylashtirish
Xom go‘sht, yangi
baliq, qiyma
1 dan 2 gacha P
astki tokchada (eng sovuq joy)
Sariyog‘, Pishloq
(sortiga bog‘liq
xolda)
5 dan 7 gacha
T
o‘siq-tokchalarda yoki eshikdagi
idishlarda yoki o‘rta tokchada
Sut, qaymoq,
qatiq
1 dan 3 gacha
T
o‘siq-tokchalarda yoki eshikdagi
idishlarda yoki SK o‘rta tokchasida
Tuxum 10
T
o‘siq-tokchalarda yoki eshik
panelidagi idishlarda
Sabzavotlar,
mevalar
10 gacha
Idishlar
da (meva va sabzavotlar
uchun)
Oziq-ovqatlar Saqlash mud-dati, oy
Yangi baliq, dengiz mahsulotlari 3 gacha
Sariy
og‘, pishloq (sortiga bog‘liq holda),
pishiriqlar
6 gacha
Hom go‘sht, parr
anda 9 gacha
Sabz
avotlar, mevalar, reza mevalar 12 gacha
Ваш отзыв будет первым
Задайте вопрос
Ваше имя
E-mail
Вопрос*
Ваш вопрос будет опубликован после проверки
Ваш вопрос опубликован
Посетитель_Xl55qe
Вопросы пользователей
Поиск:
по производителю
по типу техники
по модели
Сортировать:
по дате
c ответами
Искать
Людмила Станославовна Бушуева
10 июля 2023, Челябинская
Как часто нужно размораживать холодильник?
Александр
12 июня 2023, Санкт-Петербург
засорение системы слива приложение не нашел
Посетитель_Zt22up
04 апреля 2023, Псковская
правила установки
Посетитель_Mg99yh
22 декабря 2022, Пермский
в морозиль камере моргает инд н
Владимир
01 сентября 2022
как правильно разморозить холодильник в котором нет системы саморазмораживания
Посетитель_Xw00kz
24 июля 2022, Башкортостан
Как разморозить морозильное отделение?
Vladimir Belov
13 июля 2022, Московская
Заморозка работает, а холодильные камеры нет.
Посетитель_Tn33gf
04 мая 2022, Свердловская
ПОЧЕМУ ИНДИКАТОР ХК МОРГАЕТ БУКВОЙ Н И В ХК МОРОЗИТ ДАЖЕ ПРОДУКТЫ ЗАМОРАЖИВАЕТ ТЕМПЕРАТУРА ВЫСТАВЛЕНА НА 4 ГРАДУСА
Посетитель_Fe55ur
25 апреля 2022, Москва
Регулятор температуры максимум
ЛЕОНИД
22 декабря 2021, Москва
ПОЧЕМУ ИНДИКАТОР ХК МОРГАЕТ БУКВОЙ Н И В ХК МОРОЗИТ ДАЖЕ ПРОДУКТЫ ЗАМОРАЖИВАЕТ ТЕМПЕРАТУРА ВЫСТАВЛЕНА НА 4 ГРАДУСА
Показать еще

Смотрите также другие инструкции раздела ATLANT(АТЛАНТ)