Просмотр инструкции микроволновой печи Vitek VT-1681 W, страница 81
81
Shisha taglikni o’rnatish
1. Shisha taglikning tayanchini (4) ish kamerasiinng tubida bo’lgan teshikka o’rnating.
2. Shundan keyin rolikli halqani (5) ish kamerasiinng tubida o’rnating.
3. Shisha taglikni (6) rolikli halqaga to’g’rilab puxta o’rnating. Hech qachon shisha taglikni
pastki qismni tepaga qilib o’rnatmang.
• Shisha taglikning pech ishlagan vaqtida aylanishiga to’sqinlik qilmang.
• Oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorlash vaqtida doimo shisha taglik, taglikning tayanchi
bo’lgan rolikli halqadan foydalaning.
• Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun idishni va mahsulotlarni doimo faqat shisha
taglikka o’rnatish kerak.
• Shisha taglik soat mili yo’nalishida/unga qarshi aylanishi mumkin – bu normal holatdir.
• Shisha taglikda darzlar yoki siniqlar paydo bo’lgan holda uni darhol almashtiring.
O’rnatish
• Mikroto’lqinli pechni ulashdan avval uning ish kuchlanishi va iste’mol quvvati elektr
tarmoqning ko’rsatkichlariga mos kelishiga ishonch hosil qiling. Mikroto’lqinli pechni
ishonchli yerga tutashuvi bo’lgan tarmoq rozetkasiga ulang.
• Pechni tekis, barqaror yuzaga o’rnating. Kichik yoshli bolalar yeta olmaydigan joyni
tanlang.
• Pechni shunday o’rnatish kerakki, devordan pechning orqa va yon devorlarigacha
kamida 7-8 sm masofa qolishi kerak, pechning ustidagi bo’sh joy esa kamida 30 sm ni
tashkil qilishi kerak.
• Mikroto’lqinli pechning tubidan tayanch oyoqchalarini olib tashlamang.
• Mikroto’lqinli pechning korpusidagi shamollatish tuynuklarini yopmang.
• Mikroto’lqinli pechni tele- va radiosignallarni qabul qilishda shovqinlar paydo bo’lishining
oldini olish uchun televizion va radiopriyomniklardan uzoqda joylashtirish kerak
OGOHLANTIRISH: mikroto’lqinli pechni tagi isitiladigan yuzaga (oshxona plitasiga) va
issiqlik nurlanishining boshqa manbalariga o’rnatish taqiqlanadi.
Agar mikroto’lqinli pech egasining aybi bilan ishdan chiqqan bo’lsa, u bepul kafolatli xizmat
ko’rsatish va ta’mirlash huquqidan mahrum bo’ladi.
PECHDAN FOYDALANISH
Ovozli signal
Boshqaruv panelining tugmalariga har gal bosganda Siz ovozli signalni eshitasiz.
Joriy vaqtni belgilash
• Tarmoq vilkasini rozetkaga yoqing – ovozli signal eshitiladi, va displeyda «0:00» raqamlari
paydo bo’ladi. Siz «0:00» dan «23:59» gacha oraliqda joriy vaqtni belgilashingiz
mumkin.
1. «Soat/O’rnatish» tugmasini bosing, soat raqamlari yonib-o’chib turadi.
2.
dastasini burab, soatlarni 0 dan 23 gacha oraliqda belgilang.
3. Tasdiqlash uchun «Soat/O’rnatish» tugmasini bosing, minut raqamlari esa yonib-o’chib
turadi.
ЎЗБЕК
1681.indd 811681.indd 81 09.04.2010 15:14:3609.04.2010 15:14:36
Ваш отзыв будет первым