Просмотр инструкции соковыжималки Vitek VT-1634 GY, страница 43
43
ЎЗБЕК
yoki mevalardan (olma, uzum, ananas,
apelsinlar) foydalanish mumkin.
• Po’stlog’ini yoki ingichka po’stini tozalash
shart emas, mevalardan faqat qalin
po’stini tozalash kerak bo’ladi (masalan,
ananas yoki xom lavlagidan).
• Olma sharbatini tayyorlashda uning
to’yinganligi va ta’mi ishlatilayotgan
olmalarning turiga bog’liq ekanligini
unutmang.
• Sizga eng a’lo mos keladigan sharbat
beruvchi olma navini tanlang. Mevalarning
sharbatini po’stlog’i bilan siqib oling.
Mevaning o’rtasini tozalash shart emas.
• Olma sharbati o’ta tez qorayadi, unga bir
nechta tomchi limon sharbatini tomizing,
bu sharbatning qorayish jarayonini
to’xtatib qo’yadi.
• Sharbatni uning tayyorlanganidan keyin
darhol iching. Havoda uzoq saqlaganda
sharbat o’zining ta’mi sifatini va ozuqa
qiymatini yo’qotadi.
• Agar sharbat sovutgichda saqlanadigan
bo’lsa, u sovutgichda saqlanayotgan
boshqa oziq-ovqatlarning begona hidini
o’ziga singdirmasligi uchun uning idishini
qopqoq bilan yoping yoki uni qopqoqli toza
butilkaga quyib oling. Sharbatni metall
idishda saqlash mumkin emas, chunki
u shunday yoqimsiz ta’miga ega bo’lishi
mumkin.
• Sharbat chiqargichda tarkibida kraxmal
yoki pektin ko’p bo’lgan mevalarni,
masalan, banan, papayya, avokado,
anjir, o’riklar, mango, qizil qoraqat va
qoraqatlarning sharbatini chiqarish tavsiya
etilmaydi. Bunday mevalarning sharbatini
olish uchun boshqa oshxona asboblaridan
foydalaning.
• Sharbat chiqargich juda qattiq va ko’p
tolali mahsulotlarni, masalan, kokos,
ravoch yoki behi kabilarning sharbatini
olish uchun mo’ljallanmagan.
SHARBAT CHIQARGICHNI TOZALASH
• Ishlash tugaganidan keyin yoki
tozalashdan avval doimo asbobni o’chiring
va uni elektr tarmog’idan olib qo’ying.
• Buyumdan foydalangandan keyin darhol
yechib olinadigan detallarni neytral yuvish
vositasi qo’shilgan iliq suv bilan yuvish
tavsiya etiladi.
• Filtrlovchi qirg’ichning (3) teshiklarini
orqa tomonidan yuvish qulayroq bo’ladi.
Filtrovchi qirg’ichni yuvish paytida ehtiyot
bo’ling, qirg’ichning o’tkir yuzasi mavjud.
Filtrovchi qirg’ichni yuvish uchun idish
yuvish mashinasidan foydalanmang.
• Sharbat chiqargichning motorli blokini
(7) nam mato bilan arting. Motorli blokni
suvga botirish yoki uni suv oqimi ostida
yuvish taqiqlanadi.
• Yuvish paytida qattiq gubkalardan,
abraziv, agressiv tozalash vositalaridan,
shuningdek erituvchilardan
foydalanmang.
• Ba’zi mahsulotlar, masalan, sabzi, pomidor
yoki lavlagi, sharbat chiqargichning
plastmassa detallarini bo’yashi mumkin.
Dog’larni tozalash uchun o’simlik
moyidan foydalanish mumkin, shundan
keyin detallarni yumshoq yuvish vositasi
qo’shilgan iliq suv bilan yuvib, keyin ularni
quritish kerak.
SAQLASH
• Asbobni saqlash uchun olib qo’yishdan
avval ushbu asbob elektr tarmog’idan olib
qo’yilganligiga ishonch hosil qiling.
• Sharbat chiqargichning tarmoq simini
o’rab yig’ib qo’ying.
• SHARBAT CHIQARGICHNI TOZALASH
bo’limining talablari amallarini bajaring.
• Asbobini quruq, salqin, bolalar yeta
olmaydigan joyda saqlang.
1634.indd 431634.indd 43 07.07.2010 12:57:5907.07.2010 12:57:59
Ваш отзыв будет первым