Бесплатные инструкции на русском языке
  • Тип техники
  • Бренд

Просмотр инструкции соковыжималки Vitek VT-1609 ST, страница 44

Vitek
44
ЎЗБЕК
Foydali maslahatlar
Faqat yangi meva va sabzavotlardan
foydalaning, chunki ularda ko’proq sharbat
bo’ladi.
Sharbatni tayyorlash uchun turli
sabzavotlardan (sabzi, bodring, lavlagi,
selderey poyalari, ismaloq, pomidor)
yoki mevalardan (olma, uzum, ananas,
apelsinlar) foydalanish mumkin.
Po’stlog’ini yoki ingichka po’stini tozalash
shart emas, mevalardan faqat qalin po’stini
tozalash kerak bo’ladi (masalan, ananas
yoki xom lavlagidan).
Olma sharbatini tayyorlashda uning
to’yinganligi va ta’mi ishlatilayotgan
olmalarning turiga bog’liq ekanligini
unutmang. Sizga eng a’lo mos keladigan
sharbat beruvchi olma navini tanlang.
Mevalarning sharbatini po’stlog’i bilan siqib
oling. Mevaning o’rtasini tozalash shart
emas.
Olma sharbati o’ta tez qorayadi, unga bir
nechta tomchi limon sharbatini tomizing,
bu sharbatning qorayish jarayonini to’xtatib
qo’yadi.
Sharbatni uning tayyorlanganidan keyin
darhol iching. Havoda uzoq saqlaganda
sharbat o’zining ta’mi sifatini va ozuqa
qiymatini yo’qotadi.
Agar sharbat sovutgichda saqlanadigan
bo’lsa, u sovutgichda saqlanayotgan
boshqa oziq-ovqatlarning begona hidini
o’ziga singdirmasligi uchun uning idishini
qopqoq bilan yoping yoki uni qopqoqli toza
butilkaga quyib oling. Sharbatni metall
idishda saqlash mumkin emas, chunki
u shunday yoqimsiz ta’miga ega bo’lishi
mumkin.
Sharbat chiqargichda tarkibida kraxmal
yoki pektin ko’p bo’lgan mevalarni,
masalan, banan, papayya, avokado,
anjir, o’riklar, mango, qizil qoraqat va
qoraqatlarning sharbatini chiqarish tavsiya
etilmaydi. Bunday mevalarning sharbatini
olish uchun boshqa oshxona asboblaridan
foydalaning.
Sharbat chiqargich juda qattiq va ko’p tolali
mahsulotlarni, masalan, kokos, ravoch
yoki behi kabilarning sharbatini olish uchun
mo’ljallanmagan.
SHARBAT CHIQARGICHNI TOZALASH
Ishlash tugaganidan keyin yoki
tozalashdan avval doimo asbobni o’chiring
va uni elektr tarmog’idan olib qo’ying.
Yechib olinadigan detallarni neytral yuvish
vositasi qo’shilgan iliq suv bilan yuvish
tavsiya etiladi.
Filtrovchi qirg’ichning teshiklarini orqa
tomonidan yuvish qulayroq bo’ladi.
Filtrovchi qirg’ichni yuvish paytida ehtiyot
bo’ling, qirg’ichning o’tkir yuzasi mavjud.
Filtrovchi qirg’ichni yuvish uchun idish
yuvish mashinasidan foydalanmang.
Sharbat chiqargichning motorli blokini nam
mato bilan arting. Motorli blokni suvga
botirish yoki uni suv oqimi ostida yuvish
taqiqlanadi.
Yuvish paytida qattiq gubkalardan,
abraziv, agressiv tozalash vositalaridan,
shuningdek erituvchilardan foydalanmang.
Ba’zi mahsulotlar, masalan, sabzi, pomidor
yoki lavlagi, sharbat chiqargichning
plastmassa detallarini bo’yashi mumkin.
Dog’larni tozalash uchun o’simlik
moyidan foydalanish mumkin, shundan
keyin detallarni yumshoq yuvish vositasi
qo’shilgan iliq suv bilan yuvib, keyin ularni
quritish kerak.
SAQLASH
Asbobni saqlash uchun olib qo’yishdan
avval ushbu asbob elektr tarmog’idan olib
qo’yilganligiga ishonch hosil qiling.
SHARBAT CHIQARGICHNI TOZALASH
bo’limining talablari amallarini bajaring.
Asbobini quruq, salqin, bolalar yeta
olmaydigan joyda saqlang.
1609.indd 441609.indd 44 08.06.2009 16:33:5808.06.2009 16:33:58
Ваш отзыв будет первым
Задайте вопрос
Ваше имя
E-mail
Вопрос*
Ваш вопрос будет опубликован после проверки
Ваш вопрос опубликован