Просмотр инструкции весов Vitek VT-1978 W, страница 42
42
ЎЗБЕК
9. Hisoblashlarning natijasini baholash rangli
indikatsiya bilan aks ettiriladi, – qizil o’q tana
vazningiz ortiqcha ekanligini, sariq bo’lim
– me’yordagi tana vaznini, yashil o’q - tana
vaznining yetishmasligini bildiradi.
10. Shundan keyin, foydalanuvchining tana vazni
va organizmdagi yog’ foizli tarkibiy miqdorining
ko’rsatkichlari foydalanuvchi xotirasi bo’limiga
yoziladi, bu displeyda «0000», «. 000 - …0»,
belgilarining kamayib boruvchi ko’rsatkichlar
orqali aks ettiriladi, shundan keyin tarozi
o’chiriladi.
Eslatma:
- Agar shaxsiy ma’lumotlarni kiritishning har bir
qadami o’rtasidagi oraliq 10 soniyadan ortiq
bo’lsa, tarozi avtomatik ravishda o’chiriladi.
- «Yog’», «suv», «mushaklar massasi» va
suyaklar massasining foizli tarkibining soni
ko’rsatkichlari faqat siz tarozining ustida
yalangoyoq turgan holatingizda olinishi
mumkin.
- Agar hech qanday ma’lumotlar kiritilmagan
bo’lsa, asbob bo’yi 165 sm bo’lgan va yoshi
25 yoshda bo’lgan ayol kishining tanasidagi
«yog’», «suv» va «mushaklar massasi» ning
hamda suyaklar massasini foizli tarkibini
o’lchaydi.
Inson organizmidagi yog’ning foizli tarkibining
jadvali
Eslatma: -jadvaldagi keltirilgan ma’lumotlar
tavsiya turida bo’ladi.
Yoshi
Ayollar
Yog’ %
Erkaklar
Yog’ %
Indikatorlar
<=30
4.0-28.0 4.0-22.0 Yashil
28.1-33.0 22.1-27.0 Sariq
33.1-80.0 27.1-80.0 Qizil
>30
4.0-30.0 4.0-24.0 Yashil
30.1-35.0 24.1-29.0 Sariq
35.1-80.0 29.1-80.0 Qizil
Inson organizmida yog’ning foizli tarkibiy
miqdorining kun davomida o’zgarishi
Inson organizmida yog’ning foizli tarkibiy
miqdorining ko’rsatkichlariga turmush tarzi,
jismoniy yuklanish, salomatligining holati,
shuningdek organizmdagi suv miqdori kabi
omillar ta’sir ko’rsatadi.
Quyidagi omillarni hisobga olish lozim:
- yog’ning foizli tarkibiy miqdorining ko’rsatkichlari
vanna yoki dush qabul qilganidan keyin pastroq
bo’lishi mumkin.
- yog’ning foizli tarkibiy miqdorining ko’rsatkichlari
ovqat yoki ichimlik iste’mol qilganidan keyin
yuqoriroq bo’lishi mumkin.
- Organizmdagi suvning tarkibiy miqdori kasallik
paytida va undan keyin, shuningdek jismoniy
mashqlardan keyin o’zgarishi va shu bilan
yog’ning foizli tarkibiy miqdorining ko’rsatkichlarini
o’zgartirishi mumkin.
Sog’lom inson tanasida yog’ning foizli tarkibiy miqdorining jadvali:
Yoshi
18-39 yosh 40-59 yosh 60-79 yosh
Erkaklar Ayollar Erkaklar Ayollar Erkaklar Ayollar
Tana vaznining
yetishmasligi
5-7% 14-20% 5-10% 14-22% 5-12% 14-23%
Me’yori 8-19% 21-32% 11-21% 23-33% 13-24% 24-35%
Tana vaznining
ortiqligi
+20% +33% +22% +34% +25% +36%
Manbai: ISSA (International Sports Science Association)
Organizmdagi suvning tarkibiy miqdori
Organizmdagi suvning foizli tarkibiy miqdori – bu inson organizmidagi umumiy tana vazniga nisbatan
foizlarda ifodalangan suyuqlikning miqdoridir.
Suv inson to’qimalar va a’zolari uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo’ladi, organizmning taxminan
50-65 % qismi suvdan iborat bo’ladi. Inson organizmidagi suvning miqdorini parhezshunoslar tomonidan
qo’llanadigan formulalarga asoslanib hisoblash mumkin, olingan natijasi umumiy tana vaznidan foizlarda
ko’rsatiladi. Ushbu tarozida qo’llangan «BIA» texnologiyasi tufayli Siz tanadagi suvning foizli tarkibiy
miqdorini nazorat qilib turishingiz va inson organizmi uchun muhim bo’lgan ushbu ko’rsatkichni tuzatib
turishingiz mumkin.
1978.indd 421978.indd 42 28.01.2010 15:05:0628.01.2010 15:05:06
Ваш отзыв будет первым