Бесплатные инструкции на русском языке
  • Тип техники
  • Бренд

Просмотр инструкции магнитолы Vitek VT-3467 BK, страница 24

Vitek
ЎЗБЕК
24
elektr tarmog’idagi kuchlanish buyumning ish
kuchlanishiga mos ekanligiga ishonch hosil qiling.
1. Buyumni tarmoqqa ulash uchun tarmoq
simining bir uchini uyaga (18), ikkinchisini esa
elektr tarmoq rozetkasiga kiriting. FUNCTION
Ishlash rejimlarini o’zgartirish dastakchasini
CD/MP3 yoki RADIO holatiga o’tkazib
o’rnating.
2. Buyumni o’chirish uchun FUNCTION Ishlash
rejimlarini o’zgartirish dastakchasini OFF
holatiga o’tkazing.
Eslatma: Statik elektr yig’ilishi buyumning
ishidagi buzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu
holda buyumni ta’minot manbalaridan uzib
chiqarib olib, o’chiring, keyin esa buyumni yana
yoqing. Agar muammo hal etilmasa, Sizga eng
yaqin bo’lgan servis markaziga murojaat qiling.
Batareykalardan ta’minotga ulanish
1. Magnitolani elektr tarmog’idan o’chiring.
2. Magnitolaning orqasidagi batareyalar
bo’linmasining qopqoqchasini (19) o’q ko’rsatib
turgan yo’nalishda yopqichlarni bosib, oching.
3. Batareyalarning bo’linmasiga ularning qutblari
tartibiga rioya qilgan holda 8 dona «C» (UM
2) 1,5 V batareykalarini (etkazib berishning
to’plamiga kirmaydi) qo’yib o’rnating.
4. Batareyalar bo’linmasining qopqoqchasini (19)
yoping.
Diqqat! Batareyalarning oqib ketishi inson
shikastlanishi yoki buyumning buzilishiga olib
kelishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun
quyida keltirilgan yo’riqnomalarga amal qiling:
- Batareykalarni to’g’ri, buyumdagi belgilarga
muvofiq holda qutblari yo’nalishiga amal qilib
o’rnating;
- Buyum uzoq vaqt ishlatilmaydigan bo’lsa,
batareykalarni olib qo’ying;
- Batareykalarni qayta zaryadlamang, ularni
qismlarga ajratmang, ularni yuqori harorat
ta’sirida qoldirmang;
- Batareykalarni o’z vaqtida almashtiring.
ASOSIY FUNKTSIYALARI
Ovoz balandligi darajasini sozlash
Kerakli ovoz balandligi darajasini o’rnatish uchun
ovoz balandligi darajasini sozlash dastasidan
foydalaning.
Radiostantsiyalarni qabul qilish
1. Ishlash rejimlarini o’tkazish dastakchasini
FUNCTION (15) RADIO holatiga o’tkazib
o’rnating.
2. Diapazonlarni o’tkazish dastakchasini BAND
(14) tegishli holatiga o’tkazib o’rnatib, o’zingiz
istagan diapazonni tanlang: FM yoki AM.
3. Radiostantsiyalarni sozlash uchun sozlagich
TUNING (13) ni aylantirib, o’zingiz istagan
radiostantsiyani tanlang.
4. Tinglashni tugatganingizdan so’ng ishlash
rejimlarini o’tkazish FUNCTION (15)
dastakchasini OFF holatiga o’tkazib o’rnating.
Antenna
FM diapazonida signalni eng yaxshi qabul qilish
uchun antennani to’liq ochib chiqarib, uni kerakli
burchakda qaratib o’rnating.
AM diapazonida signalni eng yaxshi qabul qilish
uchun magnitolani joylashtirishning bir nechta
turlarini sinab ko’ring.
CD DISKLARNI QAYTA TINGLASH
Eslatma:
Diskni yuklash – Diskni qo’yish bo’linmasining
qopqog’ini oching. Diskni o’rnating va qopqog’ini
yoping.
Chiqarib olish – Qayta tinglashni to’xtatgandan
keyin disklar bo’linmasining qopqog’ini oching va
diskni chiqarib oling. Diskni g’ilofning ichiga solib
qo’ying.
Disklar bo’linmasining ichiga chang kirmasligi
uchun doimo uni yopiq holda saqlang. Agar disk
qayta tinglanmaydigan bo’sa, uni doimo chiqarib
oling.
1. Magnitolani yoqing.
2. CD disklarni qayta tinglash rejimini tanlang.
Buning uchun FUNCTION Ishlash rejimlarini
o’tkazish dastakchasini CD/MP3 holatiga
o’rnatib,.
3. Disklar bo’linmasini oching. Diskni o’rnating
va disklar bo’linmasining qopqog’ini yoping.
Diskning to’g’ri holda - yorlig’ini tepaga qilib
o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
4. SK-displeyda bir necha soniya davomida «---»
belgilari, keyin esa treklarning soni aks etadi.
5. Qayta tinglashni boshlash uchun PLAY/
PAUSE tugmasini bosing.
Qayta tinglash
Qayta tinglashni to’xtatish rejimida PLAY/
PAUSE tugmasini bosing, diskni qayta tinglash
boshlanadi.
3467IM.indd 243467IM.indd 24 19.08.2010 14:26:2919.08.2010 14:26:29
Ваш отзыв будет первым
Задайте вопрос
Ваше имя
E-mail
Вопрос*
Ваш вопрос будет опубликован после проверки
Ваш вопрос опубликован