Бесплатные инструкции на русском языке
  • Тип техники
  • Бренд

Просмотр инструкции мультиварки Redmond RMC-PM330, страница 69

Redmond
69
RMC-PM330
UZB
qaynoq bug' gulqog'ozlar, bezakli qoplamalar, elektron jihozlar va ortiqcha
namlik va haroratdan shikastlanishi mumkin bo'lgan boshqa buyumlar yoki
materiallarga tushmasin.
Tashigandan yoki quyi haroratlarda saqlagandan keyin jihozni yoqish oldidan
xona haroratida kamida 2 soat ishlatmasdan saqlab turish kerak.
Tayyorlashdan avval multipishirgich-tezpishirgichning tashqi va ko'zga
ko'rinadigan ichki qismlarida shikastlanishlar, siniq joylar va boshqa nuqsonlarn-
ing yo'qligiga ishonch hosil qiling. Jom va qizdirish elementi orasida begona
buyumlar bo'lmasligi kerak.
II. MULTIPISHIRGICH
-
TEZPISHIRGICH-
DAN FOYDALANISH
Jihozning ish rejimlarini ko'rsatish
Tanlangan avtomatik tayyorlash dasturiga bog'liq ravishda RMC-РМ330 multi-
pishirgich-tezpishirgichi multipishirgich yoki tezpishirgich rejimida ishlashi
mumkin. Shu bilan birga multipishirgich rejimida jihoz ochiq qopqoqda ham,
yopiq qopqoqda ham ishlashi mumkin.
1.
Tezpishirgich rejimida bajariluvchi avtomatik dastur tanlanganda disp-
leyda va jomdagi bosim darajasi indikatorlari, tayyorlash vaqtining
qiymati hamda dasturga bog'liq ravishda mahsulot turi namoyish qili-
nadi.
2.
Multipishirgich rejimida bajariluvchi yopiq qopqoq bilan avtomatik dastur
tanlanganda displeyda indikatori va tayyorlash vaqtining qiymati
namoyish qilinadi.
3.
Multipishirgich rejimida bajariluvchi ochiq qopqoq bilan avtomatik dastur
tanlanganda displeyda indikatori, mahsulot turi va tayyorlash vaq-
tining qiymati namoyish qilinadi.
Tayyorlash vaqtini o'rnatish
REDMONDRMC-РМ330 multipishirgichi-tezpishirgichi «ПОПКОРН» dasturidan
boshqa barcha dasturlar uchun tayyorlash vaqtini mustaqil o'rnatishi mumkin.
Berilayotgan vaqtning o'zgarish qadami va mumkin bo'lgan diapazoni tanlangan
tayyorlash dasturiga bog'liq bo'ladi.
1.
Tayyorlash dasturi va mahsulot turi tanlangandan keyin «Настройка»
tugmachasini bosing. Tayyorlash vaqti qiymati indikatori miltillay bosh-
laydi.
2.
Soat qiymatini orttirish uchun «<» tugmachasini, daqiqa qiymatini orttirish
uchun «>» tugmachasini bosing. Vaqt qiymatni tez o'zgartirish uchun
kerakli tugmachani bosing va ushlab turing. Soat va daqiqa qiymatlarining
o'zgarishi bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda yuz beradi. Maksimal qi-
ymatga yetganda vaqtni o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.
3.
Tayyorlash vaqtini o'rnatish yakunlanishi bilan kiritilgan o'zgarishlarni
tasdiqlash va avtomatik dasturning bajarilishini boshlash uchun «Старт»
tugmachasini bosing.
4. Kiritilgan parametrlarni saqlash va ishga tushirishni kechiktirish vaqtini
o'rnatishga o'tish uchun «Настройка» tugmachasini bosing.
5. KIritilgan o'zgarishlarni saqlamagan holda kutish rejimiga chiqish uchun
«Отмена/Разогрев» tugmachasini bosing va ushlab turing yoki bir daqiqa
davomida jihoz ustida hech qanday amal bajarmang.
Tayyorlash vaqtini qo'lda o'rnatishda sozlanmalarning mumkin bo'lgan diapa
-
zoni va o'rnatish qadamini hisobga oling.
Tezpishirgich rejimida barcha avtomatik dasturlarda o'rnatilgan tayyorlash
vaqtining hisobi faqat jihoz jomda berilgan ishchi harorat va bosim daraja-
siga chiqqanidan keyingina boshlanadi.
Bosim darajasini o'zgartirish
REDMOND RMC-РМ330 multipishirgichi-tezpishirgichida tayyorlash dasturini
tanlagandan keyin bosim darajasini ham o'zgartirish mumkin: mos holda 20, 30
50 kPa («МОЛОЧНАЯ КАША», «РИС/КРУПЫ» va «ПЛОВ» dasturlaridan
tashqari).
1.
Bosimni o'rnatish rejimiga o'tish uchun «Давление» tugmachasini bosing.
2.
Ishchi bosim qiymatini orttirish uchun «Давление» yoki «>» tugmachasini,
kamaytirish uchunesa «<» tugmachasini bosing. O'zgartirishlar displey-
dagi tegishli indikatorlar bilan ask ettiriladi. Maksimal qiymatga yetganda
bosim darajasini o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.
Avtomatik tayyorlash dasturi ishga tushirilganidan keyin jomda kerakli bosim
darajasiga erishilgunicha indikatori miltillaydi, bosim darajasi
indikatori esa jomdagi joriy bosim darajasini ko'rsatadi. Ishchi parametrlarga
chiqilganidan keyin har ikkala indikator tayyorlash jarayoni yakunlangunicha
yonib turadi.
Tayyolash haroratini o'zgartirish
RMC-РМ330 multipishirgichi-tezpishirgichida «ВЫПЕЧКА», «ЖАРКА» va
«ФРИТЮР» avtomatik tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda tayyorlash haro-
ratini qo'lda sozlashingiz mumkin.
1.
Avtomatik tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda haroratni sozlash re-
jimiga o'tish uchun «Настройка» tugmachasini bosing. Displeyda tayyor-
lash haroratining miltillovchi indikatori paydo bo'ladi.
2.
Tayyorlash haroratini ko'tarish uchun «>» tugmachasini, pasaytirish uchun
esa «<» tugmachasini bosing. Tayyorlash harorati qiymatni tez o'zgartirish
uchun kerakli tugmachani bosing va ushlab turing. Maksimal qiymatga
yetganda o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.
3. Tayyorlash harorati qiymatini sozlash yakunlanganidan 5 soniya o'tgach
displeydagi indikator miltillashdan to'xtaydi va tayyorlash dasturini baja-
rish yakunlangunicha yonib turadi.
Agar harorat o'zgartirilmagan bo'lsa, 5 soniyadan keyin harorat qiymati indi-
katori o'chadi.
Dasturni ishga tushirishni kechiktirish
«Ishga tushirishni kechiktirish» funksiyasi dastur bajarilishi boshlangunicha
o'tishi kerak bo'lgan vaqt oralig'ini berishga imkon beradi. Ishga tushirishni
kechiktirish vaqtini avtomatik tayyorlash dasturi tanlanganidan va tayyorlash
vaqti o'rnatilganidan keyin 1 daqiqaga teng o'rnatish qadami bilan 1 daqiqadan
24 soatgacha bo'lgan diapazonda o'rnatish mumkin.
1. Tayyorlash vaqtini o'rnatgandan keyin ishga tushirishni kechiktirish vaq-
tini o'rnatish uchun «Настройка» tugmachasini bosing. Qisqa signal
chalinadi. Displeyda «Отсрочка» («Kechiktirish») indikatori paydo bo'ladi.
Displeyda miltillovchi 00:00 qiymati namoyish qilinadi.
2. «<» tugmachasi bosilganda vaqt qiymati 1 soat qadam bilan ortadi. «>»
tugmachasi bosilganda tanlangan tayyorlash dasturi uchun standart
holatda o'rnatilgan o'zgartirish qadami bilan. Soat va daqiqa qiymatlarin-
ing o'zgarishi bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda yuz beradi. Maksimal
qiymatga yetganda ishga tushirish vaqtini o'rnatish diapazonning boshidan
boshlanadi. Qiymatni tez o'zgartirish uchun kerakli tugmachani bosing va
ushlab turing.
3.
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatish yakunlanishi bilan kiritilgan
o'zgarishlarni tasdiqlash va jihozning ishlay boshlashi uchun «Старт»
tugmachasini bosing va ushlab turing. Ishga tushirishni kechiktirish
vaqti tugashi bilan uch marta qisqa signal chalinadi va avtomatik tayyor-
lash dasturining bajarilishi boshlanadi.
4. Kiritilgan o'zgarishlarni saqlamagan holda kutish rejimiga chiqish uchun
«Отмена/Разогрев» tugmachasini bosing.
Agar ishga tushirishni kechiktirish vaqti qiymati 00:00 ga o'rnatilsa, avtoma-
tik tayyorlash dasturining bajarilishi «Старт» tugmachasi bosilishi bilanoq
darhol boshlanadi.
Ishga tushirishni kechiktirish funksiyasidan «ПОПКОРН», «ЖАРКА» va
«ФРИТЮР» dasturlaridan boshqa barcha avtomatik tayyorlash dasturlarida
foydalanish mumkin.
Reseptda tez buziluvchi mahsulotlardan (tuxum, yangi sut, go'sht, pishloq va
boshq.) foydalaniladigan hollarda «Ishga tushirishni kechiktirish» funksiyasi-
dan foydalanish tavsiya qilinmadi.
Tayyor taomlar haroratini ushlab turish (avtomatik isitish)
Bu funksiya tayyorlash dasturi ishi yakunlanishi bilan darhol isitish rejimi av-
tomatik ravishda yonadi va tayyor taom haroratini 12 soat davomida 70–75°С
doirasida ushlab turadi. Avtomatik isitish ishlayotganda «Отмена/Разогрев»
tugmachasi indikatori yonadi, displeyda esa ushbu rejimdagi ishlash vaqtining
to'g'ri hisobi aks ettiriladi.
Zarur bo'lgan hollarda «Старт» tugmachasini bosgan holda avtomatik isitishni
o'chirib qo'yish mumkin.
«ПОПКОРН», «ЙОГУРТ» va «ФРИТЮР» avtomatik dasturlaridan foydalanganda
avtomatik isitish dasturidan foydalanib va uni yoqib bo'lmaydi.
Avtomatik isitishni avvaldan o'chirib qo'yish
Tayyorlash dasturi ishi yakunlangandan keyin avtomatik isitishni yoqib qo'yish
har doim ham zarur bo'lavermaydi. Shuni hisobga olgan holda REDMOND RMC-
РМ330 multipishirgichida asosiy tayyorlash dasturini ishga tushirish yoki uning
ishlash vaqtida ushbu funksiyani avvaldan o'chirib qo'yish imkoniyati ko'zda
tutilgan. Buning uchun dasturni ishga tushirish yoki dastur ishlayotgan vaqtda
«Старт» tugmachasini bosing, «Отмена/Разогрев» tugmachasi indikatori o'chadi.
Avtomatik isitishni yana yoqish uchun «Старт» tugmachasini yana bir bor bos-
ing («Отмена/Разогрев» tugmachasi indikatori yonadi).
Taomlarni isitish
REDMOND RMC-РМ330 multipishirgichi-tezpishirgichidan taomlarni isitish
uchun foydalanish mumkin. Buning uchun:
1.
Mahsulotlarni jomga joylashtiring, uni multipishirgich ko'rpusiga o'rnating.
2. Qopqoqni yoping, multipishirgichni elektr tarmog'iga ulang.
3.
Tovusli signal berilgunicha «Отмена/Разогрев» tugmachasini bosib turing.
Displeyda tegishli indikator va tugmacha indikatori yonadi. Taymer isitish
vaqtining hisobini boshlaydi.
Jihoz taomni 70–75°С haroratgacha isitadi va uni 12 soat davomida issiq holda
ushlab turadi. Zarur bo'lgan hollarda «Отмена/Разогрев» tugmachasini bosgan
va displeydagi tegishli indikatorlar va tugmacha indikatori o'chmagunicha
ushlab turgan holda isitishni o'chirib qo'yish mumkin.
Multipishirgich mahsulotlarni 12 soatgacha isitilgan hold saqlashi mumkin-
ligiga qaramasdan taomlarni ikki-uch soatdan ortiq vaqt davomida isitilgan
holda saqlash tavsiya qilinmaydi, chunki ayrim hollarda bu uning ta'mining
o'zgarishlariga olib kelishi mumkin.
Avtomatik dasturlar bilan ishlashning umumiy tartibi
1. Kerakli masalliqlarni tayyorlang (o'lchang) va ularni multipishirgich-tez-
pishirgich jomiga joylashtiring. Barcha masalliqlar, jumladan suyuqlikning
jom ichki yuzasidagi maksimal belgidan ortib ketmasligini kuzatib boring.
2. Jomni jihoz korpusiga joylashtiring, uning tekis, qiyshaymasdan turgan-
ligi va qizdirish elementiga zich yorishib turganligiga ishonch hosil qiling.
3.
Qopqoqni zich qilib yoping («ЖАРКА» yoki «ФРИТЮР» dasturidan foy-
dalanganda jihozni ochiq holda qoldiring), qopqoqni blokirovka qilish
dastasidagi «Закрыть» («Yopish») tugmachasini bosing.
4.
Bug' chiqarish klapanini «Закрыто» («Yopiq») («СУП», «ПАР», «МОЛОЧНАЯ
КАША», «ТУШЕНИЕ», «ПЛОВ», «РИС/КРУПЫ», «ВАРКА», «ТОМЛЕНИЕ»
dasturlaridan foydalanaganda) yoki «Открыто» («Ochiq») («ДЕСЕРТЫ»,
«ВЫПЕЧКА», «ХЛЕБ», «ЙОГУРТ», «ЖАРКА», «ФРИТЮР», «ПОПКОРН»
dasturlaridan foydalanganda) holatiga o'rnating. Jihozni elektr tarmog'iga
ulang.
5.
Kutish rejimidan chiqish uchun «Меню» tugmachasini bosing, «<», «>»
yoki «Меню» tugmachalari yordamida kerakli tayyorlash dasturini tanlang
(displeyda tegishli dastur indikatori miltillaydi).
6.
Qayta ishlanadigan mahsulot turini berish uchun («СУП», «ПАР»,
«ТУШЕНИЕ», «ВАРКА», «ЖАРКА», «ФРИТЮР» dasturlarida) «Выбор
продукта» tugmachasini bosing.
Ваш отзыв будет первым
Задайте вопрос
Ваше имя
E-mail
Вопрос*
Ваш вопрос будет опубликован после проверки
Ваш вопрос опубликован