Бесплатные инструкции на русском языке
  • Тип техники
  • Бренд

Просмотр инструкции стиральной машины Haier HW70-12829A, страница 157

Haier
16
Funksiyalar
Kir yuvish mashinasini yuklash
Kir yuvish mashinasini eshigini oching va ichiga har bir kiyim buyumini
alohida-alohida joylashtiring. Eshikchani mahkam yoping. Kirning eshikcha
tomonidan qisilib qolmaganini tekshiring, bu lyukning yengini
shikastlanishiga va foydalanuvchi hisobidan ta’mirlanish kerakligiga olib
kelishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan oldin uni
kirsiz bir siklga tushiring, kirning kir yuvish mashinasidagi yog’ yoki iflos suv
bilan kirlanishini oldini olish uchun. Kir yuvishdan oldin mashinani 60°C
dasturida va yuvish vositasi bilan ishga tushiring.
Kir yuvish mashinasini ortiqcha yuklamang. Turli dasturlarda maksimal
yuklanishning turli qiymatlari ko’rsatilganiga e’tibor bering. Maksimal
yuklanishni aniqlash uchun qoidalar: kir va barabanning usti orasida 15 sm
dan kam bo’lmagan oraliq qolishi kerak. Eshikchani sekingina yoping.
Kirning qisilib qolmaganiga ishonch hosil qiling.
Yuvish vositasini tanlash
Kir yuvishning samaradorligi va natijalari foydalanilayotgan yuvish vositasining sifatiga bog’liq. Maxsus
ko’piklanmaydigan yuvish vositasi kir yuvishning yaxshi natijalarini ta’minlaydi. Sintetik matolardan tayyorlangan
buyumlar va junlik buyumlar uchun maxsus yuvish vositalaridan foydalaning. Kimyoviy tozalash uchun vositalar,
masalan, trixloretilen va unga o’xshash mahsulotlardan foydalanmang.
Kerakligidan ortiq poroshok solmang. Aks holda bu quyida tasvirlangan holatlarga, va kir yuvish
mashinasining noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin, bu uning xizmat muddatiga ta’sir qiladi.
Ko’pikning ko’proq miqdori hisobidan chayish davomiyligi odatdagidan ko’ra ko’proq bo’ladi;
Ko’pikning yuqori bosimi hisobidan, yuvish vositasini yuklash konteyneridan ko’pik kelishi mumkin:
Siqishning oxirgi siklidan keyin ko’pik chayimagan qolishi mumkin.
Tavsiya:
Yuvish vositasini yuklash konteynerini kundalik tozalash maqsadga muvofiq.
Iltimos, kir yuvish poroshogi yoki suyuq yuvish vositasini qadog’ida keltirilgan dozalash bo’yicha
ko’rsatmalariga rioya qiling.
Yuvish vositasini yuklash
Yuvish vositasini yuklash uchun konteynerni torting va va talab etilgan miqdorda yuvish vositasi va kondisionerni
muvofiq bo’linmalarga joylashtiring. Konteynerni sekingina avvalgi joyiga suring. (Konteynerdagi
yo’riqnomalarga rioya qiling.)
Suyuq yuvish vositasidan uning qadog’idagi yo’riqnomalarga muvofiq
foydalaning. Agar “Keyinga qoldirilgan ishga tushirish” rejimi yoqilgan
bo’lsa, bunday holatda suyuq yuvish vositasidan foydalanmang.
Kondisionerning tavsiya etilgan miqdorini oshirmang. Aks holda u sun’iy
tolalarga zarar yetkazishi mumkin.
Ваш отзыв будет первым
Задайте вопрос
Ваше имя
E-mail
Вопрос*
Ваш вопрос будет опубликован после проверки
Ваш вопрос опубликован