Бесплатные инструкции на русском языке
  • Тип техники
  • Бренд

Просмотр инструкции стиральной машины Haier HW70-12829A, страница 156

Haier
15
Funksiyalar
Kir yuvish yo’llari
Mazkur kir yuvish mashinasi faqat uy-xo’jaligida foydalanish uchun mo’ljallangan. Kir yuvish mashinasidan
tijorat yoki boshqa maqsadlarda foydalanish holatida kafolat o’z haqiqiyligini yo’qotadi.
Mashinadan u mo’ljallanmagan maqsadlarda foydalanmang. Kiyim yorliqlaridagi yo’riqnomalarga rioya
qiling va faqatgina mashinada yuvishga mo’ljallangan kir buyumlarinigina yuving.
Ta’minot manbai
Kir yuvish mashinasini elektr iste’moli manbaiga ulang. (220 V dan 240 V
gacha ~/50Gts).
Suv ta'minoti
Jo’mrakni oching. Suv toza va tiniq bo’lishi kerak.
Foydalanishdan oldin, jo’mrakni ochib, shlanglar ulanishlarida
oqishlar borligi ehtimolini tekshiring.
Kirni yuvish uchun tayyorlash
Kiyimni u tayyorlangan matolar (paxta, sintetik matolar, jun yoki ipak) va
kirlanish darajasiga muvofiq saralang.
Oq matolarni ranglilaridan ajrating. Ularning tullashga yoki kirishib ketishga
yo’liqmaganini oydinlashtirish uchun, oldin ularni qo’lda yuvishga harakat
qiling.
Hoshiyasiz kiyim, ichkiyim va yupqa tekstil, masalan, yupqa pardalarni kir
yuvish xaltasiga joylashtirish maqsadga muvofiq (ularni kir yuvish
mashinasida yuvmagan yaxshi).
Molniyalar va ilgaklarni to’g’nang, tugmalar mahkam tikilganiga ishonch
hosil qiling, va kichkina buyumlarni, masalan, paypoqlar, kamarlar,
ko’krakbog’lari va hokazolarni kir yuvish mashinasiga joylashtiring.
Choyshablar, ko’rpajildlar va hokazolar kabi katta buyumlarni yozing.
Ko’ylaklarni teskari tomonga o’giring.
Diqqat: Kichkina predmetlar (tugmalar va hokazolar kabi)
ta’mirlanish ehtiyojiga olib kelishi mumkin, va kir yuvish
mashinasining shikastlanishini chaqirishi mumkin, qaysiki
foydalanuvchi tomonidan to’lanishi kerak.
Cho’ntaklardan barcha narsalarni (kalitlar, tangalar va hokazolarni) chiqarib
qo’ying va qattiq taqinchoqlarni (masalan, broshkalarni) yechib qo’ying.
Ваш отзыв будет первым
Задайте вопрос
Ваше имя
E-mail
Вопрос*
Ваш вопрос будет опубликован после проверки
Ваш вопрос опубликован