Бесплатные инструкции на русском языке
  • Тип техники
  • Бренд

Просмотр инструкции духового шкафа Samsung NV70H3350CB (CE), страница 75

Samsung
O'zbek - 15
tozalash va qarov
KATALITIK EMAL YUZA (XARIDOR XOHISHIGA BINOAN
QO'SHIMCHA RAVISHDA SOTILADI)
Olib qo'yiluvchi qoplama to'q kulrang katalitik emal qilan qoplangan, bu konveksiyali qizdirish
vaqtida aylanuvchi havo bilan tarqatiladigan moy va hayvon yog'lari bilan qoplanishi mumkin. Bu
qoplamalar pechning harorati 200 °C darajasidan oshgandan keyin yonib ketadi.
1. Barcha anjomlarni pechdan olib qo'ying.
2. Pechning barcha ichki yuzalarini tozalab bo'lganingizdan so'ng, pechni konveksiya rejimi, 250 °C
darajasiga sozlab qo'ying.
QO'LDA TOZALASH
DIQQAT: Pech va uning anjomlarini tozalashdan oldin ular sovuq ekanligini tekshiring.
Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar, po'lat yung,
pichoq yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.
Pechning ichki qismi
Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi yoki iliq sovunli
suvdan foydalaning.
Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.
Pechning emal yuzasini shikastlanishining oldini olish uchun oddiy pech tozalagichlaridan
foydalaning.
Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.
Pechning tashqi yuzasi
Pech eshigi, dastasi va displeyi kabi pechning tashqi qismlarini tozalash uchun toza latta va sust
yuvish vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va ularni qog'oz sochiq yoki quruq sochiq bilan
artib, quriting.
Pechdan chiqayotgan issiq havoning dastidan ayniqsa tutqich yoki tugmachalar tezda yog'li kir
bilan qoplanib qolishlari mumkin, shuning uchun sizdan pechni ishlatganingizdan so'ng tutqich bilan
tugmachalarni tozalash iltimos qilinadi.
Anjomlar
Anjomni har safar foydalangandan keyin yuving va oshxona sochig'i bilan quriting. Zarur bo'lgan
hollarda osonroq tozalanishi uchun 30 daqiqacha iliq sovunli suvga solib qo'ying.
SUV TO'PLAGICHINI TOZALASH
Suv to'plagichi pechda juda nam taomlar tayyorlanayotganida
namlikdan to'planadigan suvni yig'ish uchun mo'ljallangan. Suv
to'plagichida taomlarning qoldiqlari yig'ilib qolishi mumkin. Agar u
tozalanmasa, pechni o'rab turuvchi jihoz shikastlanishi mumkin.
Jihozingizni himoyalash uchun pechda taom tayyorlagan so'ng suv
to'plagichini tozalab turing.
OGOHLANTIRISH: Agar taom tayyorlaganingizdan so'ng suv
to'plagichidan suvning sizib chiqishini payqasangiz, bizning
xizmat markazimiz bilan bog'laning.
06 TOZALASH VA QAROV
Suv to'plagichi
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 15 5/30/2017 4:36:56 PM
Ваш отзыв будет первым
Задайте вопрос
Ваше имя
E-mail
Вопрос*
Ваш вопрос будет опубликован после проверки
Ваш вопрос опубликован