Просмотр инструкции духового шкафа Samsung NV70H3350CB (CE), страница 66
O'zbek - 6
Agar bu qurilmada bug'da pishirish funksiyasi mavjud bo'lsa, suv ta'minot kartrijlari shikastlangan
hollarda bu qurilmadan foydalanmang. (Faqat bug'da tayyorlash funksiyasi modeli)
Kartrij yorilgan yoki singan hollarda undan foydalanmang va o'zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. (Faqat bug'da tayyorlash funksiyasi modeli)
Bu pech faqat uy sharoitlarida taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Foydalanish vaqtida pechning ichki yuzalari kuydiradigan darajada qiziydi. Qizdirish elementlariga
yoki pechning ichki yuzalariga ular yetarli darajada sovumagunicha tegmang.
Hech qachon pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang.
Pechdan uzoq vaqt davomida yuqori haroratlarda foydalanilganda pech yuzasi qiziydi.
Taom tayyorlagan vaqtda pech eshigini ochganda ehtiyot bo'ling, chunki issiq havo va bug' tez
chiqishi mumkin.
Tarkibida spirt bo'lgan taomlarni tayyorlaganda yuqori haroratlar tufayli spirt bug'lanib chiqishi va
pechning issiq qismlariga tekkanda bug' yonib ketishi mumkin.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi
bug' bilan tozalamang.
Pechdan foydalanish vaqtida bolalarni pechdan yetarli darajada uzoqroqda saqlash kerak.
Pitstsa kabi muzlatilgan taomlar Katta panjarada tayyorlanishi kerak. Agar pishirish jomidan
foydalanilsa, haroratlardagi katta o'zgarishlar tufayli u deformatsiyalanishi mumkin.
U issiq bo'lgan vaqtda pech tag qismiga suv quymang. Bu emallik yuzaning shikastlanishiga olib
kelishi mumkin.
Taom tayyorlash vaqtida pech eshiklari yopib qo'yilishi kerak.
Pech tag qismiga alyumin folga qoplamang va hech qanday pishirish jomi yoki bankalarni
joylashtirmang. Alyumin folga issiqlikni to'sib qo'yadi, bu esa emallik yuzalarning shikastlanishiga va
taomlarning yaxshi tayyor bo'lmasligiga olib kelishi mumkin.
Meva sharbatlari dog'larni qoldiradi, ular pechning emallik yuzasidan ketmaydigan bo'lishi
mumkin. Namligi juda ko'p bo'lgan piroglarni tayyorlaganda ichi chuqur patnisdan foydalaning.
Idishlarni pechning ochiq eshigi ustiga qo'ymang.
Yosh bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun ular nazorat
ostida bo'lishlari kerak.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang,
chunki ular o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
Eshik ustiga chiqmang, egmang, o'tirmang yoki og'ir narsalarni joylashtirmang.
Eshikni haddan tashqari ortiqcha kuch bilan ochmang.
OGOHLANTIRISH: Qurilmani hattoki taom tayyorlash jarayoni tugagandan keyin ham elektr
tarmog'idan ajratmang.
OGOHLANTIRISH: Pechda taom tayyorlanayotganda pech eshigini ochiq qoldirmang.
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 6 5/30/2017 4:36:51 PM
Ваш отзыв будет первым