Бесплатные инструкции на русском языке
  • Тип техники
  • Бренд

Просмотр инструкции стиральной машины ATLANT(АТЛАНТ) ОБЩЕЕ РУКОВОДСТВО НА ВСЕ МОДЕЛИ, страница 45

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
45
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
tok ko’p kelishidan yaxshi himoyalanmagan elektr tarmog’iga mas-
hinani ulash;
mashinani ishga tushirish uchun yerga ulanmagan rozetkadan foy-
dalanish;
mashinani elektr tarmog’iga ulash uchun perexodniklar, ko’p o’rinli
(ikki va undan ortiq ulash o’rniga ega) rozetkalar va uzaytiradigan shnurlarni
ishlatish;
— mashinani elektr shnuridan tortib, elektr tarmog’idan uzish;
— nam qo’llar bilan elektr shnurini rozetkaga tiqish va o’chirish, ishlay-
otgan mashinaga tegish;
— oqib turgan suv ostida mashinani yuvish;
— mustaqil ravishda ta’mirlash va mashina tuzilishi hamda suv va elektr
ta’minotiga o’zgartirishlar kiritish, chunki bu holat o’z navbatida mashinani
buzilishiga va kafolatli ta’mirlash huquqidan mahrum qilishga olib kelishi
mumkin. Ta’mirlash faqat servis xizmatining malakali ustasi tomonidan am-
alga oshirilishi kerak, chunki yaxshi ta’mirlanmagan anjom xavf manbaiga
aylanishi mumkin.
2.11 Mashina ishida elektr toki bilan bog’liq bo’lgan qisirlash tovushi,
tut
ash va h.k. paydo bo’lsa, zudlik bilan mashina elektr shnurini rozetkadan
sug’urib, elektr tarmog’idan uzish, suv jo’mragini yopib, servis xizmati ustasini
chaqirish kerak
Yong’in paydo bo’lgan taqdirda zudlik bilan mashinani elektr tarmog’idan
uzish, suv jo’mragini yopib,yong’inni o’chirish tadbirlarini amalga oshirish va
o’t uchirish xizmatini chaqirmoq lozim.
2.12 Maishiy sharoitlarda ishlatilgan taqdirda mashinaning xizmat
muddati 10 yilni tashkil etadi.
DIQQAT! Mashinaning xizmat muddati tugagandan so’ng ishlab
chiqargan korxona mahsulotning xavfsiz ishlashiga mas’ul emas.
Ko’rsatilgan muddatdan ortiq ishlatish xavf tug’dirishi mumkin, chunki
materiallarning tabiiy ravishda eskirishi va mashina tarkibiy qismlarin-
ing yeyilishi elektr hamda yong’in kelib chiqish vaziyatlarning yuzaga
kelish ehtimolini ortishiga olib keladi.
3 M A S H I N A N I I S H G A T A Y Y O R L A S H
3.1 O’RNATISHGA TAYYORGARLIK KO’RISH
3.1.1 Mashina o’ralgan materiallar (polietilen plenka, penopolistirol qis-
mlar)dan xoli qilinadi. Displeydan himoya plenkasi (mavjud bo’lsa) olinadi.
DIQQAT! Mashinaga shikast yetkazmaslik uchun 1 rasmda
ko’rsatilgan mashina idishi, eshigi yoki zichlamasidan ushlab ko’ch-
irmang.
3.1.2 Mashinani transportirovka qilish uchun uning baki siljishni oldini
oladigan vintlari bilan qo
tirilgan.
3 rasmga muvofiq to’rtta vintni gaykali klyuch bilan ochib olib, rezinali
va plastmassali vtulkalarni tashqariga chiqarish kerak. Agar vtulkalar mashina
ichida qolib ketgan bo’lsa va ularni olish iloji bo’lmasa, xochsimon otvertka
yordamida 4 rasmga muvofiq orqa panel ochiladi va vtulkalar olinadi. Keyin
panel o’rniga joylashtiriladi. Teshiklar yetkazilgan jamlanma tarkibiga kiritilgan
plastmass jipslash qism lar bilan yopiladi.
Mashinani keyinchalik ham transportirovka qilish uchun vint va vtulkalar
saqlab qo’yilsin.
DIQQAT! Mashina korpusiga shikast yetkazib qo’ymaslik uchun
siljishni oldini oladigan vintlar, rezinali va plastmass vtulkalar o’rnat-
ilgan holatda mashinani ishga tushirmang.
3.2 MASHINANI O’RNATISH
3.2.1 Mashina mustahkam, tekis va quruq joyga o’rnatilishi lozim.
P
olning yumshoq qoplamasi (gilam, penopoliuretan asosidagi qoplama
va boshq.) mashinani o’rnatish uchun to’g’ri kelmaydi, chunki mashinani
qaltirab ishlashi yuzaga keladi va shamollab turishi yomonlashadi.
Mashina yog’och polga o’rnatilishidan oldin, polning o’ziga qalinligi 15
mm kam bo’lmagan yog’och materialdan tayyorlangan taxta mustahkam
tarzda qotirilmog’i lozim. Yog’och polga o’rnatilgan mashinani ish jarayo-
Rasmi 5
kontrgayka
tayanch
n
idagi mustahkamligini oshirish uchun, uni xona burchagiga joylashtirish
tavsiya etiladi.
3.2.2 5 rasmga muvofiq mashina tag qismidagi tayanchlarini tepa yoki
pas
tga burab, sozlanadi va pol sathiga nisbatan juda aniq qilib gorizontal
o’rnatiladi; gaykali klyuch yordamida tayanchlardagi kontrgaykalar bo’sha-
tiladi, tayanchlarning balandligi sozlanadi va kontrgaykalar qayta qotiriladi.
Mashinani pol sathiga nisbatan noto’g’ri o’rnatilishi yoki kontrgaykalarni
yetarlicha qotirilmaganligi, keyinchalik mashinaning ish jarayonida qaltirashi
va ortiqcha shovqin chiqishiga sabab bo’ladi.
DIQQAT! Mashinani o’ta mustahkam joylashishini ta’minlash
uchun tayanchlar tepaga qarab juda kam buralishi kerak.
3.3 ELEKTR TARMOG’IGA ULASH
DIQQAT! Mashina yerga ulangan bo’lishi lozim.
Mashina
yerga ulangan kontaktiga ega,tok oqimi 16 A kam bo’lmagan
ikki polyusli rozetka orqali elektr tarmog’iga qo’shilishi kerak. Rozetkaga
kesimi 1,5 mm
2
kam bo’lmagan mis sim yoki kesimi 2,5 mm
2
kam bo’lm-
agan alyumin sim asosidagi uch simli kabel tortilgan bo’lishi lozim. Fazali
sim 16 A maksimal tok (ishlash toki)ga mo’ljallangan, ishlash tezligi 0,1 s
ortiq bo’lmagan elektr tarmog’ining avtomatik himoya moslamasi vositasida
ulangan bo’lishi kerak.
Agar rozetkaga ko’rsatilgan kabel keltirilmagan yoki u mashina o’rna-
tilgan joydan uzoqda bo’lsa, elektr tarmog’iga qayta ishlov berish va roze-
tkani montaj etish kerak. Elektr tarmog’iga qayta ishlov berish va rozetkani
montaj etish ishlari malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi
talab etiladi.
Erga ulash ni alohida sim orqali, shuningdek isitish, suv yoki kanalizatsiya
jihozlari vositasida o’tkazish MAN ETILADI.
D
IQQAT! Elektr tarmog’iga ulanishning yuqorida ko’rsatilgan
talablariga rioya etmaslik natijasida sog’liq va mulkga yetkazilgan
zarar uchun ishlab chiqaruvchi korxona (sotuvchi) javobgarlikni o’z
zimmasiga olmaydi.
3.4 SUV QUVURI VA KANALIZATSIYaGA ULANISH
3
.4.1 Mashina
3
/
4
dyuym burama kertik li patrubkasiga ega suv yetkazish
krani orqali faqat sovuq suv bilan ta’minlovchi tizimga ulanadi.
3.4.2 Mashinani suv quvuriga ulashdan oldin quyidagi amallar bajariladi:
— trubalardagi qum va zangni yuvib tashlash uchun suv jo’mragini ochib,
suvni oqizib yuborish;
6 yoki 7 rasmga muvofiq suv quyish shlangidagi filtr tozaligini
tekshirish;
— agar 7 rasmga muvofiq suv quyish shlangi himoya tizimiga ega bo’lsa,
shlangning maxsus oynasidagi rangga e’tibor qaratish kerak. Oynaning sariq
rangda ekanligi shlangning sozligidan dalolat berali;
— 6 yoki 7 rasmga muvofiq suv quyish shlangini suv yetkazish kranining
rezbali patrubkasiga va 8 rasmga muvofiq mashinaga, gaykalarni qo’l bilan
qattiq burab, ulash.
3.4.3 Kir yuvish vaqtida 9 rasmga muvofiq suv yetkazish krani to’liq
ochiq bo’lishi kerak.
3.4.4 Suv to’kish shlangi 10 rasmga muvofiq pol sathidan 60 sm.dan
Rasmi 8
Rasmi 9
OCHIQ
YoPIQ
filtr
Rasmi 7Rasmi 6
Rasmi 10
MIN 60 CM
MAX 90 CM
Rasmi 12
Rasmi 11
past va 90 sm. dan baland bo’lmagan oraliqda joylashishi lozim. Ushbu
talabga amal qilinmasa, mashina ishlamaydi.
3.4.5 Suvni to’g’ridan-to’g’ri kanalizatsiyaga to’kish uchun mashinan-
ing suv to’kish shlangi ichki diametri 40 mm kichik bo’lmagan kanalizatsiya
trubasiga ulangan suv oqib tushadigan tirsak dan yuqorida joylashtiriladi-
,shunday qilinmasa oqava suv, aksincha, mashinaga tortib olinadi.
Suv to’kish shlangi, agar sifonda uni ulash uchun patrubok bo’lsa, 11
rasmga muvofiq bevosita sifonga ulanishi mumkin.
3.4.6 Suv qo’l yuvg’ich yoki vannaga to’kilganda, 12 rasmda ko’rsa-
t
ilganidek shlangning bukilgan joyidan yetkazilgan mashina jamlanmasi
tarkibiga kiritilgan maxsus kronshteyn bilan qotirilishi lozim. SHlang suvga
botirilmagan bo’lishi kerak.
DIQQAT! Suv quyish va suv to’kish shlanglari suv quvuri va kana-
lizatsiyaga ulangandan so’ng bukilmasligi va qisilib qolmasligi kerak.
3.4.7 Mashina suv quvuri va kanalizatsiyaga ulangandan keyin shlanglar
qo’shilgan joylarning jipsligini tekshirish tavsiya etiladi qo’shilgan joylar
quruq bo’lishi zarur.
4 D A S T L A B K I I S H G A T U S H I R I S H
4.1 DASTLABKI KIR YUVISH
4.1.1 Har bir mashinani ishlab chiqaruvchi sinovdan o’tkazadi, shu sa-
babdan
mashinada kam miqdorda suv bo’lishi mumkin. Mashinani ichidan
tozalash va sinovdan keyin qolgan suvni ketkizish uchun dastlabki yuvish kirni
mashinaga joylashtirmay bajarilishi kerak.
4.1.2 Dastlabki kir yuvishda «PAXTdasturi va 90
0
S harorat o’rnatilib,
bajariladi (qarang: ilova).
DIQQAT! Mashina birinchi marotaba ishga tushirilganda, 14 ras-
mga muvofiq, yuvish vositalari ishlab chiqaruvchilarning tavsiyasiga
ko’ra kirni to’liq yuklash uchun mashina novi ning 2 bo’limiga yuvish
vositasi miqdorining yarmi solinadi.
4.2 KIR YuVISHNI BOSHLASHDAN OLDIN UMUMIY TAVSIYaLAR
4.2.1 Mashinani ishga tushirishdan oldin suv jo’mragini burab, suvda
qum, z
ang kabi boshqa narsalar yo’qligiga ishonch hosil qilmoq lozim.
DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi korxona (sotuvchi) zang, qum, to’pon
(metall zaki)bor suvdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan noso-
zliklar va nuqsonlar hamda kir yuvish sifati uchun javobgarlikni o’z
zimmasiga olmaydi (shu jumladan kafolat muddati vaqtida).
4
.2.2 Suv quyish va to’kish shlangi to’g’ri o’rnatilganligini tekshirish
(3.4 ga qarang).
Mashina uzoq muddat ishlatilmagan taqdirda, suv quyish shlangi ga-
ykasini burab chiqarib va shlangni suv yetkazib beriladigan krandan uzib,
turib qolgan suvni suv shlangidan tukib tashlanadi. 3.4.2. bandiga muvofiq
suv quyish shlangi suv quvuriga ulanadi.
4.3 TOVUSH SIGNALIZATSIYaSI
T
ovush signali mashina ishining boshlanishi va tugashi davomida sodir
bo’ladi, shuningdek bir-biriga zid vazifalar berilganda, mashina kiritilgan
dastur asosida ishlayotgan vaqtida tugmachalar tasofidan bosilganda
eshitiladi.
Ваш отзыв будет первым
Задайте вопрос
Ваше имя
E-mail
Вопрос*
Ваш вопрос будет опубликован после проверки
Ваш вопрос опубликован
Посетитель_Io44oc
Вопросы пользователей
Поиск:
по производителю
по типу техники
по модели
Сортировать:
по дате
c ответами
Искать
Валентин
29 июля 2021
какие болты нужны для закручивания барабана
Гость
03 мая 2021, Нижний Новгород
что означает sel на дисплее при режиме комби-стирка
Гость
03 мая 2021, Нижний Новгород
что означает sel на дисплее при режиме комби-стирка
Гость
03 мая 2021, Нижний Новгород
что означает sel на дисплее при режиме комби-стирка
Гость
29 января 2021, Минск
Что означаетF6 на дисплее
Елена
07 декабря 2020, Курчатов
Добрый день! На дисплее после стирки горит F4 и воду не сливает.подскажите как быть?
Ольга
12 октября 2020, Москва
Добрый день. Как на табло сделать перевод с украинского на русский
Гость
10 октября 2020, Бобров
Показывает п при включении налевой стороне, что это значит?
Виктор
08 сентября 2020, Линчёпинг
не поступает вода
Александр Фомин
24 января 2020, Калуга
Почему после режима "отжим" белье мокрое
Показать еще

Смотрите также другие инструкции раздела ATLANT(АТЛАНТ)