Бесплатные инструкции на русском языке
  • Тип техники
  • Бренд

Просмотр инструкции холодильника ATLANT(АТЛАНТ) ХМ 6001, страница 26

26
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
2 B OS H QA R U V B LO K I . U M U M I Y M A L U M OT LA R
2.1 BOSHQARUV TUGMALARI VA INDIKATORLARI
2.1.1 Sovutgich ishini boshqarish 5, 6 rasmlariga muvofiq bos-
hqaruv blokining tegishli tugmalarini bosish orqali amalga oshiriladi.
Boshqaruv tugmalari va boshqaruv blokining yorug‘lik indikatorlari
pastki qirrasidan ochiluvchi qopqoq ostida joylashgandirlar.
Tugmalar sathining buzilmasligi va sinmasligi uchun ularni bo-
sishda begona buyumlardan foydalanish va haddan tashqari kuch
ishlatish TA’QIQLANADI.
2.1.2 Boshqaruv tugmalari tegishli indikatorlarga ega. Indikatorlar
sovutgich ish rejimlarining yoqilishi yoki o‘chirilishi haqida darak ber-
adi, tanlangan haroratni yoki joriy vaqtni aks ettiradi (ushbu funksiya
mavjud bo‘lsa).
2.1.3 MKdagi oshiqcha harorat indikatsiyasi
MKda oshiqcha harorat indikatori (qizil rangda) MKda harorat
ko‘tarilsa, yonadi (masalan, birinchi marta yoqilishida yoki tozalashdan
keyin yoqilsa, katta miqdordagi yangi sarhal oziq-ovqatlar joylashtiril-
sa). Indikatorning qisqa muddatga yonishi (masalan, MK eshigi uzoq
vaqt ochiq qolsa) sovutgichning buzilishidan darak bermaydi: MKda
harorat pasayishi bilan indikator avtomat ravishda so‘nadi.
Indikator uzoq vaqt yoniq qolgan xolatda saqlanayotgan oziq-
ovqatlar sifatini tekshirish va servis xizmati mexanigini chaqirish zarur
bo‘ladi.
MKda oshiqcha harorat indikatorining miltillashi elektr tarmog-
‘idagi kuchlanish uzatilishining nomalum muddatga o‘chirilishi yoki
to‘xtab qolishi tufayli oziq-ovqatlarning erishi haqida darak beradi.
Miltillash 5, 6 rasmlariga muvofiq
tugmasini bosish orqali amalga
oshiriladi.
2.2 TOVUSH SIGNALIZATSIYASI
SK eshigi 60 soniyadan ko‘proq ochiq qolsa sovutgichda tovush
signalizatsiyasi ishga tushadi. Tovush eshik yopilganidan, tugmasi
bosilganidan (5, 6 rasmlariga muvofiq) yoki kamera o‘chirilganidan
so‘ng o‘chadi.
2.3 BOSHQARUV BLOKINING HARFIY-RAQAMLI KO‘RS-
ATKICHLARI
MK va SKning harorat indikatorlarida sovutgich ishini tashxis qilish
bilan bog‘liq harfiy-raqamli ko‘rsatkichlar yonishi mumkin:
«H». Kameradagi harorat mumkin darajadan yuqori bo‘lsa,
miltillaydi (sovutgichni elektr tarmogiga ulaganda, kamera eshigi uzoq
vaqt ochiq qolganda pri, katta miqdordagi yangi sarhal oziq-ovqatl-
arni joylashtirganda va h.k.). Indikator tanlangan harorat kamerada
tiklanganidan so‘ng so‘nadi;
«L». Kameradagi harorat mumkin darajadan past bo‘lsa, miltill-
aydi. Tanlangan harorat kamerada tiklanganidan va «Muzlatish» rejimi
o‘chganidan so‘ng so‘nadi;
—«SC». «SKni supersovutish» rejimi yoqilganida yonadi va u o‘c-
hirilganidan yoki avtomat ravishda 6 soatdan so‘ng so‘nadi;
«SF». «Muzlatish» rejimi yoqilganida yonadi va u o‘chirilganidan
yoki avtomat ravishda 48 soatdan so‘ng so‘nadi;
«F1», «F3», «F4», «F5», «F6», «F7». Nosozliklar xolatida
yonadi.
Boshqaruv blokida «F1», «F3», «F4», «F5», «F6», «F7» ko‘-
rsatkichlari yonganida yohud «L» yoki «H» miltillashida nosozliklarni
bartaraf etish uchun 24 soat davomida servis xizmati mexanigini
chaqirish lozim.
DIQQAT! «F1» ko‘rsatkichi SK harorat datchigi nosozligi
bilan bog‘liq bo‘lib, unda SK ishlamaydi.
«F3» ko‘rsatkichi MK harorat datchigi nosozligi bilan bo-
g‘liq bo‘lib, unda sovutgich ishlashni davom ettiradi, ammo
MKdagi harorat tanlanganidan past bo‘ladi.
3 SOVUTGICH ISHINI BOSHQARISH (5 rasmiga
m u v o f i q b o s h q a r u v b l o k i v o s i t a s i d a )
3.1 KAMERANI YOQISH
Kameralar quyidagicha yoqiladilar: SK tugmasini bosish
bilan; MK tugmasini bosish bilan.
Tugma bosilganidan so‘ng kamera yoqilgani haqidagi tegishli 5
yoki 8 indikatori yonadi. Agar kameralardagi harorat tanlangan saqlash
haroratidan yuqori bo‘lsa, SK va (yoki) MK haroratini ko‘rsatuvchi
raqamli indikatorlarida «H» miltillay boshlaydi.
MK yoqilganidan so‘ng MKda oshiqcha harorat indikatori miltillay
boshlaydi, mazkur miltillash
tugmasini bosish orqali o‘chiriladi
shunda indikator doimiy yonib turishni boshlaydi. MK va SKda zaruriy
harorat, kameralar ishlash rejimi tanlanadi. Indikatorlarda tanlangan
harorat ko‘rsatkichlari qaytadan miltillovchi «H»ga almashinadi.
3 soatdan 6 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idan so‘ng «H» milt-
illashi to‘xtaydi. MKda oshiqcha harorat indikatori so‘nadi va raqamli
indikatorlarda MK va SKda o‘rnatilgan haroratlar ko‘rsatkichlari paydo
bo‘ladi. Sovutgichga oziq-ovqatlarni joylashtirish mumkin.
3.2 KAMERADA HARORATNI TANLASH
Haroratni tanlash quyidagicha amalga oshiriladi: SKda
tugmasini bosish orqali; MKda tugmasini bosish orqali. Tugma
bosilganidan so‘ng raqamli indikatorda Selsiy darajalarida tanlangan
harorat qiymati miltillay boshlaydi hamda tegishli «+» yoki «—» belgisi
indikatori yonadi. Kamerada tanlangan harorat ko‘rsatkichi miltillashi
3 soniyadan so‘ng to‘xtaydi.
yoki tugmalarini takroriy bosganda indikatorlardagi raq-
amli ko‘rsatkich mumkin bo‘lgan eng yuqori darajagacha ko‘tariladi,
keyin esa eng past qiymatga tushib ketadi.
3.3 MKda «MUZLATISH» REJIMI
Rejimni yoqish tugmasini qisqa muddatga bosish orqali ama-
lga oshiriladi — bunda «Muzlatish» rejimi indikatori yonadi, MKdagi
harorat raqamli indikatorida «Syonadi.
«Muzlatisrejimi avtomat ravishda 48 soatdan so‘ng yoki
tugmasini bosgandan keyin o‘chadi, shuningdek, MK o‘chirilganda
ham. «Muzlatish» rejimi o‘chirilganidan so‘ng 6-indikator so‘nadi,
boshqaruv bloki avval tanlangan MK ish rejimini aks ettira boshlaydi.
3.4 KAMERANI O‘CHIRISH
Kameralarni o‘chirish quyidagicha amalga oshiriladi: SK —
tugmasini bosish orqali; MK tugmasini bosish orqali.
5 rasmi — Boshqaruv bloki
1
3
2
4
6 7 8
5
Indikatorlar Boshqaruv tugmalari
1 — “–” belgisi;
— tovush signalini o‘chirish
2 — MKdagi harorat;
MKning boshqaruv tugmalari
3 — “+” belgisi;
— MKdagi haroratni tanlash;
4 — SKdagi harorat;
— MKni yoqish/o‘chirish;
5 — MKni yoqish; “Muzlatish rejimini yoqish/o‘chirish
6 — «Muzlatish» rejimi;
SKning boshqaruv tugmalari
7 — MKda oshiqcha harorat;
— SKdagi haroratni tanlash;
8 — SKni yoqish — SKni yoqish/o‘chirish
Ваш отзыв будет первым
Задайте вопрос
Ваше имя
E-mail
Вопрос*
Ваш вопрос будет опубликован после проверки
Ваш вопрос опубликован

Смотрите также другие инструкции раздела ATLANT(АТЛАНТ)